O‘zbekiston U23 terma jamoasining ikki nafar futbolchisi finalda o‘ynamaydi

O‘zbekiston U23 terma jamoasining ikki nafar futbolchisi finalda o‘ynamaydi

Legionerlarimiz Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov o‘z klublari ixtiyoriga jo‘nab ketmoqda. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Bilasiz, O‘FA Qatar maydonlarida o‘tayotgan U23 Osiyo kubogida barcha legionerlarimizni terma jamoamizga jalb etishga muvaffaq bo‘lgan edi.

Xususan, Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinovning klublari bilan asosiy vazifaga qadar — Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritish bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi.

Shu sababli, ushbu ikki futbolchi o‘z jamoalari tarkibidagi navbatdagi muhim o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun klublari safiga yo‘l olmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!