Nyu-Yorklik fuqaro dron texnologiyasini Rossiya kompaniyalariga topshirganini tan oldi

Nyu-Yorklik fuqaro dron texnologiyasini Rossiya kompaniyalariga topshirganini tan oldi

Nyu-Yorklik fuqaro AQShning ikki tomonlama foydalanish texnologiyalarini Rossiya kompaniyalariga noqonuniy o‘tkazish sxemasini tashkil qilishda aybiga iqror bo‘ldi.

Bu haqda AQSh Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Materialda ta’kidlanganidek, Nikolay Grigorev Bruklin federal sudida Rossiyaning uchuvchisiz uchoqlarida qo‘llanilgan ikki tomonlama elektron qurilmalarni noqonuniy eksport qilish bo‘yicha fitna uyushtirganlikda aybini tan oldi.

Aniqlik kiritilishicha, ushbu sxema bo‘yicha 250 ming dollardan ortiq texnologiya o‘tkazilgan.

Grigorev besh yillik qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!