«Shenchjou-17» kosmik kemasi ekipaji Yerga qaytdi

«Shenchjou-17» kosmik kemasi ekipaji Yerga qaytdi

«Shenchjou 17» kosmik kemasi ekipaji Xitoy orbital stansiyasida olti oy bo‘lganidan so‘ng Yerga qaytdi.

“Seshanba kuni Xitoy shimolidagi Ichki Mo‘g‘uliston avtonom tumanidagi “Dunfen” qo‘nish maydoniga “Shenchjou-17” kosmik kemasining qaytish kapsulasi astronavtlar bilan qo‘ndi”, - deya xabar beradi “Sinxua” agentligi.

«Shenchjou-17» ekipaj a’zolari Tan Xunbo, Tan Shensze va Szyan Sinlin qo‘ngandan so‘ng kapsulani bushatishdi. Kosmonavtlarning sog‘lig‘i yaxshi, missiya muvaffaqiyatli yakunlandi”, - deya ma’lum qildi Xitoy Xalq Respublikasi Koinotga parvozlar dasturi ma’muriyati.

«Tyangun» kosmik stansiyasida ekipajning rotasiyasi o‘tgan hafta oxirida amalga oshirildi. Yangi «Shenchjou-18» ekipaji orbital stansiyada ish boshladi.

Xitoyning «Tyangun» orbital stansiyasi taxminan 400 km balandlikda joylashgan. U 2022 yilda to‘liq foydalanishga topshirilgan va uch kishiga mo‘ljallangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!