Xitoylik investor Yangi Namangan tumaniga 50 mln dollar sarmoya kiritadi

Xitoylik investor Yangi Namangan tumaniga 50 mln dollar sarmoya kiritadi

Trade Promotion Association of CCEA Shanghai DunShi Industrial Co Ltd rahbari Mr.Yuan Yongqui Yangi Namangan tumani salohiyati bilan yaqindan tanishish maqsadida tumanga keldi.

Mehmonga tumanning ishlab chiqarish salohiyati, investorlarga yaratilgan sharoit va qulayliklar haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ayni paytda chet el investorlari tomonidan Yangi Namangan tumanida ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari xususida ham to‘xtalib o‘tildi.

Muzokaralardan so‘ng investor Yangi Namangan tumanida quyosh elektr stansiyasi va avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqarish uchun qiymati 50 mln dollar miqdoridagi loyihaga sarmoya kiritadigan bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!