Evropa Ittifoqi chaqiruv yoshidagi fuqarolarni Ukrainaga topshirishi kerakmi?

Evropa Ittifoqi chaqiruv yoshidagi fuqarolarni Ukrainaga topshirishi kerakmi?

Polsha Mudofaa vaziri Vladislav Kosinyak-Kamishga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi chaqiruv yoshidagi fuqarolarni Ukrainaga topshirish to‘g‘risida qaror qabul qilishi kerak.

Kosinyak-Kamish bunday fikrni Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishidan so‘ng jurnalistlarga ma’lum qildi.

"Bugun biz Vazirlar Mahkamasida harbiy xizmatga chaqirishdan bo‘yin tovlagan Ukraina fuqarolarni qidirish va ularni yurtiga qaytarish imkoniyati haqida gaplashdik. Bu masalada Yevropa darajasida, Kiyev va Bryussel o‘rtasida muhokamalar olib borilayotganidan xabarim bor", — deya ta’kidladi vazir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!