Moskva Tojikiston fuqarolarini deportasiya qilmoqda

Moskva Tojikiston fuqarolarini deportasiya qilmoqda

To‘rt kun ichida Vnukovo aeroportidan Tojikistonning 643 fuqarosi deportasiya qilindi, deb xabar bermoqda Aziya-Plyus.

«26-30 aprel kunlari Vnukovo aeroportiga uchgan Tojikiston fuqarolaridan 3101 nafari tegishli shartlarsiz ko‘p kunlik hibsdan so‘ng Rossiya hukumati tomonidan 643 nafar tojikistonlik deportasiya qilindi», deyiladi xabarda. Tojikistonning yana 117 fuqarosiga nisbatan deportasiya to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

«Ayni paytda bu fuqarolar Vnukovo aeroportining vaqtinchalik saqlash zonalarida g‘ayriinsoniy sharoitlarda saqlanmoqda va o‘z vatanlariga jo‘natilishini kutmoqda», — deya ta’kidlanmoqda.

Nashr manbaga tayanib, xuddi shunday murakkab vaziyat Sheremetevo, Jukovskiy va Domodedovo aeroportlarida ham kuzatilayotganini qo‘shimcha qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!