Norvegiya Ukrainaga qo‘shimcha 630 million dollar ajratadi

Norvegiya Ukrainaga qo‘shimcha 630 million dollar ajratadi

Norvegiya Kiyevga qirollikning 2024 yilgi byudjetidan 7 milliard kron (632 million dollar) miqdorida qo‘shimcha yordam beradi, dedi bosh vazir Yonas Gar Styore.

Bu haqda Reuters yozmoqda.

Unga ko‘ra, ajratilgan mablag‘dan 6 milliard kron (540 million dollar) Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishga yo‘naltiriladi.

Qolgan mablag‘lar gumanitar va fuqarolik dasturlarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Shu tariqa, Norvegiya hukumati joriy yilda Kiyevga yordam uchun ajratgan umumiy summa 22 milliard kronga (1,98 milliard dollar) yetdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!