Firibgar ustaning hiylasi fosh bo‘ldi

Firibgar ustaning hiylasi fosh bo‘ldi

Toshkent shahri, Sirg‘ali tumanida yashovchi 68 yoshli (ayol) S.D. ariza bilan murojaat qilib, o‘zining bank kartasidagi 4.630.000 so‘m pullari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahri, Shayxontohur tumanida yashovchi 34 yoshli T.A. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan T.A., jabrlanuvchi (ayol) S.D.ga o‘zini darvoza yasovchi usta sifatida tanishtirib, unga temir darvoza yasab berishini aytib, uni aldab, boshlang‘ich to‘lov sifatida oldindan 4.630.000 so‘m pullarini o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartasiga o‘tkazib olib, so‘ng va’dasini bajarmasdan, yozishmalarni o‘chirib yuborganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, X.F.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!