Rossiya Odessani o‘qqa tutdi, halok bo‘lganlar bor

Rossiya Odessani o‘qqa tutdi, halok bo‘lganlar bor

Rossiya Qurolli kuchlarining Ukrainaning Odessa shahrini o‘qqa tutishi natijasida 3 kishi halok bo‘ldi va yana 3 kishi yaralandi.

Bu haqda Odessa viloyati harbiy ma’muriyati raisi Oleh Kiper ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Rossiya armiyasi shaharga ballistik raketalar bilan hujum qilgan.

«Hujum natijasida 3 kishi halok bo‘ldi, yana 3 kishi yaralandi. Jabrlanganlarga barcha zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Fuqarolik infratuzilmasi zarar ko‘rdi», dedi u.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Qurolli kuchlarining 1 millionga yaqin aholisi bo‘lgan Odessa shahriga qilgan oxirgi hujumi 29 aprel kuni amalga oshirilgan edi. O‘sha hujum natijasida 5 kishi halok bo‘lgan, 23 kishi yaralangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!