Floridada favqulodda holat e’lon qilindi

A A A
Floridada favqulodda holat e’lon qilindi

Florida shtati ma’muriyati sanoat chiqindilari omboridagi holat sababli Manati okrugida favqulodda holat e’lon qildi. Bu haqda REGNUM agentligi xabar bermoqda.

Gap shundaki, sobiq fosfat zavodi hududidagi suv omborida yoriqlar paydo bo‘lgan va agar bo‘shliq paydo bo‘lsa, 3,6 million kub metrdan ortiq zaharli chiqindi mahalliy suv havzalariga va Tampa ko‘rfaziga to‘kilishi mumkin, bu esa suv o‘tlari yo‘qolishi hamda baliqlarning ommaviy o‘limiga olib keladi.

Shuningdek, tabiiy gaz yelektrostansiyasi ham xavf ostida bo‘lib, u mintaqadagi millionlab odamlarni energiya bilan ta’minlaydi. Yaqin atrofdagi 300 dan ziyod uydan odamlar evakuasiya qilindi.

Shtat gubernatori Ron Desantisning ta’kidlashicha, favqulodda holat rejimi joriy etilsa, okrug hududiga operativ harakat qilish va tiklash texnikalarini olib kirish osonlashadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!