Finlandiya AQShga 15 ta harbiy baza ochishga ruxsat berdi

Finlandiya AQShga 15 ta harbiy baza ochishga ruxsat berdi

Shartnomaga ko‘ra, AQSh ko‘rsatib o‘tilgan ob’ektlarda o‘z harbiylari va harbiy texnikalarini joylashtira oladi. Finlandiya hukumati amerikaliklar foydalanadigan joylarning xavfsizligini ta’minlashni o‘z zimmasiga oladi.

Finlandiya mudofaa vaziri Antti Hyakkyanenning so‘zlariga ko‘ra, Helsinki va Vashington mudofaa hamkorlishini yanada chuqurlashtirishni rejalashtirmoqda. AQSh xuddi shunday kelishuvni 20 dan ortiq davlat bilan imzolagan. Shartnoma amerikalik harbiylarning doimiy asosda Finlandiyada bo‘lib turishi uchun asos yaratadi.

Mudofaa sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvni ikki davlat o‘tgan yilning 18 dekabrida imzolagan. Kelishuv bilan tanishib chiqqan Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, 15 ta ob’ekt qatorida to‘rtta aviabaza, harbiy port va mamlakat shimolidagi temiryo‘l ham bor. Shuningdek, harbiy mol-mulklar uchun omborlar Rossiya chegarasiga eltuvchi yo‘llar chetiga joylashtiriladi.

Rossiyaning jangovarligi yuqori Shimoliy floti va strategik aviasiyasi joylashgan joyga yaqin aynan shimoliy sharqiy qismda Finlandiya NATOga Rossiyaga qarshi turishda yordam bera oladi, degan edi avvalroq AQShning iste’fodagi general-mayori Gordon Deyvis. Finlandiya Rovaniyemi shahri yaqinidagi aviabazani ham modernizasiya qiladi, u yerda 2026 yilga borib, AQShdan sotib olinadigan 64 ta F-35 qiruvchi samolyotlari joylashtiriladi. Mojaro yuz beradigan bo‘lsa, Rovaniyemi NATO kuchlarining mintaqaviy operativ markaziga aylanadi. Bu shahar orqali Shvvesiyaning Tornio shahrigacha temiryo‘l tortilgan.

Aprel oyi oxirlarida Rossiya armiyasi taktik yadroviy qurollar kompleksini Finlandiya bilan chegaraga ko‘chirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!