Filippin prezidenti Rodrigo Duterte to‘satdan siyosatdan ketishini e’lon qildi

Filippin prezidenti Rodrigo Duterte to‘satdan siyosatdan ketishini e’lon qildi

Filippin prezidenti davlat tepasiga kelgach narkosotuvchilarga qarshi ayovsiz kurash boshlashi natijasida minglab odamlar sudsiz o‘ldirib yuborilgan.

Bundan tashqari "og‘zi shaloq" prezident xristianlik dinini, Xudoni, Yevropa Ittifoqini, Barak Obamani, Shimoliy Koreya prezidenti Kim Chen Inni ham "itning bolasi" deb ochiqcha haqorat qilgan. To‘g‘ri, keyinchalik Kim Chen In haqidagi fikrlarini o‘zgartirib, uni o‘z kumiri sifatida maqtab qo‘ygan.

Korrupsiyaga qarshi ayovsiz kurashi va "korrupsionerlarni bemalol oyog‘idan otib tashlanglar, ammo o‘ldirib qo‘ymanglar — bunday itning bolalari sizning qamalib ketishingizga arzimaydi" kabi keskin fikrlari orqali xalqning muxabbatiga ham sazovor bo‘lgan.

Qonunchilikka ko‘ra, xech kim ketma-ket 2-marta prezident bo‘lib saylanishi mumkin emas va Duterte "konstitusiyaga zid ish" qilmasligini ta’kidlab o‘tdi.

Katta ehtimol bilan, uning o‘rnini hozirda Filippin janubidagi Davao shahri meri sifatida faoliyat olib borayotgan 42 yoshli qizi — Sara Duterte-Karpio egallashi mumkin.

Uning raqibi — butun dunyoga taniqli bokschi Menni Pakyao hozircha o‘tkazilgan barcha so‘rovnomalarda Duterte xonimga mag‘lub bo‘lmoqda.

Eslatib o‘tamiz, agar Rodrigo Duterte huquqiy immunitetni boy berib, dahlsizlik huquqidan mahrum etilsa, unga nisbatan xalqaro sud tomonidan "insoniyatga qarshi jinoyatlarda" ayblanib jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!