Farg‘onada kameralar niqobsiz yurgan necha kishini jarimaga tortdi?

Farg‘onada kameralar niqobsiz yurgan necha kishini jarimaga tortdi?

Farg‘ona viloyatida 17 oktyabr kuni videofotofiksasiya vositalari orqali niqob taqish tartibiga amal qilmagan 156 nafar fuqaro aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar qilmoqda.

“17 oktyabr kuni niqobli tartibga amal qilmagan 156 nafar shaxslarning foto-video suratlari olinib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi”, - deyilgan xabarda.

Niqobsiz fuqarolarning shaxsi maxsus bazada aniqlanib, IIO va Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi xodimlari tomonidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtiriladi.

Ushbu bayonnoma fuqaroning yashash xonadoniga pochta orqali yuboriladi.

Eslatib o‘tamiz, 17 oktyabrdan respublikada birinchi marta Farg‘onada jamoat joylarida niqobsiz harakatlangan fuqarolarni kameralar orqali aniqlash amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi xabar qilingan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!