Farg‘onada fojia: ikki oiladan 6 kishi halok bo‘ldi, 4 nafari og‘ir ahvolda

Farg‘onada fojia: ikki oiladan 6 kishi halok bo‘ldi, 4 nafari og‘ir ahvolda

Bugun, 11 may kuni viloyat hokimligi katta majlislar zalida yo‘l-transport hodisalari oldini olish, mavjud muammolarni bartaraf etish va oldinda turgan vazifalarni kelishib olish yuzasidan tezkor yig‘ilish o‘tkazildi.

Videoaloqa orqali viloyatdagi shahar va tumanlar studiyalari ham ulangan yig‘ilishda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Olim Saidov, viloyat sektor rahbarlari, viloyatdagi bevosita masalaga taalluqli bo‘lgan idora, tashkilot rahbarlari, shahar-tuman sektorlari, Andijon, Namangan viloyati hokimlari o‘rinbosarlari va bir qator tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda kuni kecha viloyatning Yozyovon tumani hududidan o‘tgan A-373 xalqaro ahamiyatdagi yo‘lda sodir etilgan mudhish yo‘l-transport hodisasi natijasida 6 nafar fuqaro – ikki oila vakillari vafot etganligi va 4 nafar fuqaro tuman shifoxonasining jonlashtirish bo‘limida hayot uchun kurash olib borayotganligi ma’lum qilindi.

Shundan kelib chiqib vodiy viloyatlarini bog‘lovchi A-373 yo‘nalishidagi yo‘l belgilari, beton to‘siqlar, yo‘l yoritgichlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha ishchi guruh tuzilib, vodiy viloyatlari to‘liq o‘rganib chiqilishi ta’kidlab o‘tildi. 

Yig‘ilishda mutasaddilarga katta yo‘l qismlarini asfalt qilish bilan birga ichki yo‘llar xususan, piyoda yo‘lakchalari, velosipedchilarning harakatlanishi uchun sharoitlar yaratilishi, bundan tashqari yo‘llarni yotiq chiziqlar, nur qaytargichlar orqali yoritish masalasini ham ko‘rib chiqish vazifasi yuklatildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!