FAKT! Koronavirusga qarshi eng yaxshi chora — tahorat (VIDEO)

FAKT! Koronavirusga qarshi eng yaxshi chora — tahorat (VIDEO)

Ayni damda dunyo olimlari, biologlar, tadqiqotchilar koronavirusga chalinmaslik uchun turli choralarni aytishyapti. Avvalo, qo‘lni sovunlab tozalab yuvish kerakligi aytildi. Keyin esa og‘izni tez-tez chayib turish kerak, deyildi. Yaqinda esa burunni tozalab turish ham koronavirusga chalinishning oldini olishi ta’kidlandi.

Bu nimani anglatadi? Bu shuni anglatadiki, bundan 1400 yilcha oldin bugungi koronavirusga chalinmaslikning eng yaxshi chorasi ma’lum qilingan. Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v) tahorat olish insonni har qanday xastalikdan asrashini bot-bot ta’kidlaganlar. Hadislarda ham tahoratning ustun jihatlari ko‘p bor ta’kidlangan.

Endi e’tibor bering, olimlar koronavirusga chalinmaslik uchun qo‘lni yaxshilab sovunlab yuvish kerakligini maslahat berishyapti. Tahoratda esa qo‘lni uch marta yaxshilab sovunlab yuvish kerak. Kuniga besh mahal namoz o‘qilishini inobatga olsak, har namoz oldidan tahorat oladigan bo‘lsangiz, bu kuniga qo‘lingizni 15 marta sovunlab yuvish degani.

Tahoratda og‘iz uch marta g‘arg‘ara qilinadi. Bunda og‘iz bo‘shlig‘i mikroblardan tozalanadi. Agar har namoz oldidan tahorat qilsangiz, bir kunda siz og‘zingizni 15 marta tozalaysiz.

Har tahoratda burun uch marta tozalanadi. Bu bir kunda besh mahal tahoratda 15 marta tozalash degani.

Har tahoratda yuz uch marta yaxshilab yuviladi. Bu ham besh mahal tahorat olinsa, yuzingizni 15 marta yuvasiz degani.

Xullas, tahorat olgan soch ochidan tortib oyoqqacha yuvasiz. Tahorat shunday mukammalki, butun tanangizning ozoda, pok bo‘lishini ta’minlaydi.

Shu boisdan koronavirusga chalinmaslik uchun qo‘lni yoki yuzni sovunlab yuving, deb bashorat qilishga hojat yo‘q. Tangri Taolo bandalariga payg‘ambarimiz Muhammad (s. a. v) orqali har qanday xastalikning oldini oluvchi shifoni ato etgan. Bu tahorat, bu ibodat.

Shunday ekan, koronavirus yoki umuman boshqa biror-bir xastalikka chalinmaslik uchun tahorat olib, ibodat qilish, besh mahal namozni kanda qilmaslik, Allohdan so‘rash kerak.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!