Facebook Trampning muhojirlar karvoni haqidagi videosini tarqatishdan bosh tortdi

Facebook Trampning muhojirlar karvoni haqidagi videosini tarqatishdan bosh tortdi

Facebook ijtimoiy tarmog‘i AQSh prezidenti Donald Trampning AQSh chegaralariga yo‘l olayotgan muhojirlar karvoni haqidagi saylovoldi roligini pullik tarqatishni taqiqladi.  

Ijtimoiy tarmoqda bu video Facebook’da reklama joylashtirish qoidalarini buzishi aytilgan. “Bu rolik Facebook’da postlanishiga qaramay, u pullik tarqatila olinmaydi”, deyilgan kompaniyada.

3 noyabrda AQSh prezidenti o‘g‘li Kichik Donald Tramp Facebook’da muhojirlarga AQShga tushishga xalaqit qilish uchun saylovlarda Respublikachilar partiyasiga ovoz berish kerakligi haqidagi reklamani joylashtirgan. Videoda AQShda 2 polisiyachini o‘ldirganlik uchun jazolangan noqonuniy muhojir ham ko‘rsatilgan.

Kichik Tramp CNN ushbu rolikni efirga uzatishdan bosh tortganini ma’lum qilgan. “Ko‘rinishicha, faqat soxta yangiliklarni ko‘rsatishadi va o‘zlariga to‘g‘ri kelmaydigan real muammolar haqida gapirishni istashmaydi”, deb izoh bergan Tramp bu holatga. CNN’da esa reklamani irqiy deb hisoblab, uni berishdan bosh tortganlari aytilgan. Keyinroq bu rolikni ko‘rsatishdan NBC va Fox News telekanallari ham bosh tortgan. 

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!