ETTB sobiq prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maslahatchi bo‘ladi

ETTB sobiq prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maslahatchi bo‘ladi

Evropa tiklanish va taraqqiyot bankining (ETTB) sobiq rahbari Suma Chakrabarti O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlanishi kutilmoqda. Bu haqda YETTB sobiq prezidenti Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi. 

“O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev meni iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlayotganidan bag‘oyatda xursandman. Unga islohotlar dasturini amalga oshirishda yordam berishdan mamnun bo‘lamiz”,  - deya yozgan Chakrabarti.

Suma Chakrabarti avvalroq Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayevga ham maslahatchi etib tayinlangan edi.  

U 2012 yil iyul oyidan 2020 yil iyul oyiga qadar YETTB prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan edi.

Joriy yilda Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni bilan Suma Chakrabarti “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!