Erdog‘an Shvesiya Bosh vaziri bilan telefon orqali muloqot qildi

Erdog‘an Shvesiya Bosh vaziri bilan telefon orqali muloqot qildi

Prezident Rajap Tayyip Erdog‘an, Shvesiya Bosh vaziri Ulf Kristersson bilan telefon orqali muloqot qildi.

Turkiya prezidenti ma’muriyatining aloqa bo‘limining xabar berishicha, suhbat chog‘ida tomonlar Shvesiyaning NATOga a’zo bo‘lish jarayoni, terrorizmga qarshi kurash, Turkiya-Shvesiya munosabatlari, shuningdek, mintaqaviy va global masalalarni muhokama qilgan.

Prezident Erdog‘an Shvesiyaning NATOga a’zo bo‘lganidan so‘ng, ittifoq ruhiga mos ravishda uch tomonlama memorandum doirasidagi majburiyatlarini bajarishiga ishonch bildirdi.

Erdog‘an, Turkiya va Shvesiyaning Xavfsizlik Hamkorligi Mexanizmi doirasida ish boshlashi kerakligini, terrorizmga qarshi kurashda Shvesiyaning Turkiyaga kerakli yordamni ko‘rsatishi muhimligini bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!