Erdog‘an: Isroil Quddusning o‘ziga xosligini yo‘q qilmoqda

Erdog‘an: Isroil Quddusning o‘ziga xosligini yo‘q qilmoqda

Isroil hukumati Quddusning musulmon o‘ziga xosligini yo‘q qilishga qaratilgan tizimli qadamlar qo‘ymoqda. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Quddus bo‘yicha parlamentlararo platformaning 5-konferensiyasi ishtirokchilariga murojaatida aytib o‘tdi.

«Musulmonlarning birinchi qiblasi Al-Aqso masjidining muqaddasligiga hujumlar kuchaymoqda. Bosqinchi Isroil Quddusning qadimiy o‘zligini bosqichma-bosqich yo‘q qilmoqda», — dedi Turkiya rahbari.

Davlat rahbari Quddus bo‘yicha parlamentlararo platforma o‘z faoliyati tufayli jahon miqyosida Falastin ishining «ovozi va nafasi»ga aylanganini ta’kidladi.

Prezident Erdog‘an, Turkiyaning Quddus bilan tarixiy aloqalari borligiga e’tibor qaratdi. «Quddusning har bir burchagida 400 yil davomida bu muqaddas shaharga xizmat qilgan qahramon ajdodlarimizning izlari bor. Bu izlarni hech kim o‘chira olmaydi», dedi u.

Isroilning G‘azo sektoridagi tajovuzlari haqida gapirar ekan, u Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning “o‘zidan oldingi qotillar singari, o‘z nomini sharmandalarcha tarixga «G‘azo qasbobi» sifatida yozib qo‘yganini ta’kidladi. «Zamonimiz fir’avnlarini ko‘rish uchun o‘tgan 203 kun ichida 35 ming falastinlikni shafqatsizlarcha o‘ldirganlarga qarash kerak», — dedi Erdo‘g‘an.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!