Eng yosh milliarder qiz karantinda quritilgan kartoshka yemoqda

Eng yosh milliarder qiz karantinda quritilgan kartoshka yemoqda

Dunyodagi eng yosh milliarder va tadbirkor qiz Kayli Jenner koronavirus pandemiyasi tufayli karantin paytida o‘zining dabdabali hayotini namoyish etdi.

E’tiborli tomoni, milliarder qiz tushlikda burger va quritilgan kartoshka iste’mol qilayotganini ta’kidladi.

Jenner, shuningdek, o‘zining tabiiy sochlarini ko‘rsatdi: u o‘zini izolyasiya qilish paytida parik kiyishni to‘xtatganini tan oldi.

Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, Kayli Jenner o‘z boyligini o‘zi topadigan dunyodagi eng yosh milliarderdir. Bu daromadni unga o‘zining 2016 yilda ishlab chiqarilgan Kylie Cosmetics brendi olib keldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!