Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari

Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari

Ismaloq va boshqa ko‘katlardan barchamiz turli bahoriy taomlar tayyorlab ko‘rganmiz, ammo uning organizmga naqadar foydali superfud ekanligini haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz?

Ismaloq superfud yegulik sanaladi: u o‘zida ko‘pgina vitamin va minerallarni, antioksidantlarni saqlaydi. Unda yog‘ miqdorining juda ozligi sabab parhez tutuvchi ayollarni quvontiradi. Ismaloq foydali salat va smuzilar tayyorlash uchun ideal ko‘katdir.

Ismaloq lyutein, beta-karotin, violaksantin, kumarin va ferul kislotasi kabi antioksidantlarga boy. Lyutein ko‘z salomatligini ta’minlaydi, yosh o‘tib borishi bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘zlar sarg‘ayishining oldini oladi. Zeaksantin esa ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi.

Bir stakan ismaloq sharbati A vitaminining bir kunlik qiymatining 63% ni o‘zida saqlaydi. Mazkur vitamin ko‘zlar quruqlashmasligiga, infeksiyalar bilan kurashishga hamda yangi teri hujayralarning shakllanishiga yordam beradi.

Bir stakan ismaloq sharbati C vitaminining kunlik qiymatining 38% ni o‘z ichiga oladi. U teri hujayralarini oksidlovchi stress, yallig‘lanish va shikastlanishdan himoya qiladi. C vitamini terining elastikligini ta’minlaydigan kollagen ishlab chiqarishda, yoshlikni saqlab qolishda hamda jarohatlarning bitishida muhimdir.

Bundan tashqari, Bir stakan ismaloq sharbati kaliy moddasi kunlik qiymatning 14% ini o‘zida saqlaydi. U qon bosimini mo‘tadil bo‘lishiga yordam beradi. Ismaloq saraton hujayralarining o‘sishiga qarshi kurashuvchi vosita ham hisoblanadi.

Abu Ali ibn Sino o‘zining “Tib qonunlari” asarida ismaloqning foydali xususiyatlari haqida to‘xtalib o‘tgan:

“Bunda yuvuvchi, tozalovchi quvvati bor. Safroni haydaydi. Ko‘pincha me’da uning qaynatmasini tusamaydi”.

Ma’lumot uchun: 100 gramm yangi uzilgan ismaloqdan o‘rtacha 200 gramm sharbat chiqadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!