Endi Buyuk Britaniya zavodida Toyota mashinalari ishlab chiqarilmaydimi?

Endi Buyuk Britaniya zavodida Toyota mashinalari ishlab chiqarilmaydimi?

Yaponiyaning Toyota kompaniyasi Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqib ketishi bilanoq, Breksit bilan bog‘liq har qanday uzilishlarni bartaraf etish rejasi doirasida o‘zining Britaniyadagi zavodida avtomobil ishlab chiqarmasligini ma’lum qildi. Bu haqida Reuters agentligi xabar bermoqda.

O‘tgan yili Toyota Buyuk Britaniyaning 1,52 million dona avtomobilining atigi 8 foizini Derbyshirdagi Burnaston zavodida ishlab chiqargan va shu yilning boshida u yerda o‘zining yangi Corolla modelini ishlab chiqarishni boshlagan edi.

«Breksitning birinchi kunida, ya’ni juma kuni biz ishlab chiqarishni to‘xtatamiz. Keyin dushanba va seshanba kunlari ishlab chiqarishni qayta boshlaymiz», dedi kompaniya vakili.

“Biz haqiqiy vaziyat qanday bo‘lishini bilmaymiz. Biz allaqachon qo‘shimcha inventarizasiya taklif qildik. Undan dushanba va seshanba kunlari foydalanamiz va bundan keyin vaziyat qanday bo‘lishini ko‘rishimiz kerak ” dedi u yana.

Toyota ishlab chiqarishdagi tanaffusdan hech qanday yo‘qotilish bo‘lmasligini aytmoqda.

Bosh vazir Boris Jonson 31 oktabr kuni Angliya hech qanday kelishuvsiz Yevropa Ittifoqidan chiqib ketishiga va’da berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!