«Elparvar» tarixiy filmi uchun qurilgan maxsus qishloq nima uchun yoqib yuborildi? (foto)

«Elparvar» tarixiy filmi uchun qurilgan maxsus qishloq nima uchun yoqib yuborildi? (foto)

«O‘zbekkino» MA buyurtmasiga binoan prodyuser Zafar Yo‘ldoshev hamda rejissyor Abduvohid G‘aniyev tomonidan suratga olinayotgan «Elparvar» tarixiy filmi uchun jonli ijroda musiqa yozish jarayoni davom etmoqda.

«Elparvar» filmi uchun Xiva shahrida maxsus qishloq qurilgani haqida ma’lum qilgan edik. Rejissyor Abduvohid G‘aniyev ushbu qishloq va uning yoqib yuborish sabablarini jurnalist Feruz Muhammadga bergan qisqa intervyusida gapirib berdi.

«Elparvar» filmi uchun Xorazm viloyatida Sayyodxon bog‘i ichida maxsus qishloq qurildi. Mazkur qishloq rassomlarimiz guruhi tomonidan uch oy mobaynida qurildi. Avvalo qishloqning maketlari tayyorlandi, undan so‘ng bir necha marotaba maketlar o‘zgartirildi. Qishloq qurilishi ko‘p vaqt olganligining sababi masshtab, ya’ni qishloqning to‘g‘ri joylashtirilishi uchun ko‘p harakat qilindi. Film ssenariysi bo‘yicha mog‘ul bosqinchilari bostirib kelib, qishloqni yoqib yuborishi kerak bo‘lganligi uchun, qishloqni yoqishga majbur bo‘ldik. Maxsus qurilgan qishloqning yonida tarixiy bino bo‘lganligi sababli juda ham ehtiyotkorlik bilan ishlashga to‘g‘ri kelgan. U bino ham o‘sha davr muhitini berishga xizmat qildi. Filmdagi rassomlar guruhi va ustalar uch oy mobaynida uyiga ham ketmasdan, o‘zlari qurgan qishloqda yashab, ushbu qishloqni nihoyasiga yetkazishgan edi.

Abduvohid G‘aniyev, «Elparvar» tarixiy filmi rejissyori


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!