Eddi Hirn: Kroufordning jamoasi Isroil Madrimovga past baho beryapti

Eddi Hirn: Kroufordning jamoasi Isroil Madrimovga past baho beryapti

Britaniyalik promouter, Matchroom Boxing tashkiloti rahbari Eddi Hirn mijozi, super yarim o‘rta vazn toifasida WBA yo‘nalishi chempioni Isroil Madrimov hamda amerikalik Terens Krouford to‘qnashuvi haqida gapirdi.

“Menimcha, Kroufordning jamoasi Isroilga past baho beryapti, ammo bu yigit juda jiddiy, u juda kuchli zarba sohibi.

Hamma Krouford bu bahsdan keyin Kaneloga qarshi jang o‘tkazishini aytmoqda. Meni noto‘g‘ri tushunmang, Krouford bu jangda favorit hisoblanadi. Bunga hech kim shubha qilmaydi, lekin Madrimov juda jiddiy raqib. U yigitning ajoyib harakatlari bor, Isroil hozir o‘zining eng yuqori sport formasida. Bu Krouford uchun oson jang bo‘lmaydi”, — deydi Hirn.

Eslatib o‘tamiz, Madrimov - Krouford chempionlik jangi 3 avgust kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadi.

Amerikalik bokschi professional ringda o‘tkazgan 40 ta jangining barchasida g‘alaba qozongan. G‘alabalarining 31 tasiga nokaut orqali erishgan.

Madrimov esa 8 mart oqshomida Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida rossiyalik Magomed Kurbanovni 5-raundda nokautga uchratib, WBA kamarini qo‘lga kiritgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!