Dushanba kuni bizni qanday ob-havo kutib turibdi?

Dushanba kuni bizni qanday ob-havo kutib turibdi?

Gidrometeorologiya xizmati markazi bergan ma’lumotga ko‘ra, ertaga, 5 noyabr kuni mamlakat bo‘ylab quyidagicha ob-havo kuzatiladi.
 
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida havo harorati kechasi -1...+1, kunduzi +11...+13 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 3-8 m/sga yetadi.
 
Farg‘ona vodiysida havo biroz bulutli bo‘lib, kechasi -3...+2, kunduzi +5...+10 daraja bo‘lishi kutilmoqda. 3-8 m/s tezlikda shamol esadi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo harorati kechasi -3...+2, kunduzi +10...+15 daraja bo‘lib, havo o‘zgarib turadi, 3-8 m/s tezlikda shamol esadi.
 
Buxoro, Navoiy, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida havo harorati kechasi -2...+3 kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 3-8 m/sga yetib, havo biroz bulutli bo‘ladi.
 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo harorati kechasi +7...+12, kunduzi -3...+2 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 3-8 m/sni tashkil etadi. Havo bulutli bo‘lib, yomg‘ir yog‘ishi kutilmaydi.
 
Qamchiq dovoni va Chimyonda kechasi -8...-3, kunduzi esa +4...+9 daraja bo‘ladi. 3-8 m/s tezlikda shamol esadi.

Manba: qalampir.com


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!