Dushanba kuni bizni qanday ob-havo kutib turibdi?

Dushanba kuni bizni qanday ob-havo kutib turibdi?

Gidrometeorologiya xizmati markazi bergan ma’lumotga ko‘ra, ertaga, 22 oktyabr kuni mamlakat bo‘ylab quyidagicha ob-havo kuzatiladi.
 
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida havo harorati kechasi +5...+7, kunduzi +20...+22 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 3-8 m/sga yetiadi.
 
Farg‘ona vodiysida havo biroz bulutli bo‘lib, kechasi +1...+6, kunduzi +12...+17 daraja bo‘lishi kutilmoqda. 3-8 m/s tezlikda shamol esadi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi.
 
Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Buxoro, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida havo harorati kechasi +2...+7, kunduzi +18...+23 daraja bo‘lib, havo o‘zgarib turadi, 3-8 m/s tezlikda shamol esadi. Havo bulutli bo‘lib, yomg‘ir yog‘ishi kutilmaydi.
 
Surxondaryo viloyatida havo harorati kechasi +5...+10, kunduzi +20...+25 darajagacha ko‘tariladi. 3-8 m/s tezlikda shamol esadi. Yomg‘ir yog‘ishi kutilmaydi.
 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatlarida havo harorati kechasi +2...+7, kunduzi +17...+22 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 3-8 m/sni tashkil etadi. Havo bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Qamchiq dovoni va Chimyonda kechasi 0...+5, kunduzi esa +8...+13 daraja bo‘ladi. 3-8 m/s tezlikda shamol esib, yomg‘ir yog‘ishi kutilmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!