Diqqat! Farg‘onada 19 yoshli qiz bedarak yo‘qoldi

Diqqat! Farg‘onada 19 yoshli qiz bedarak yo‘qoldi

Farg‘ona viloyatida 19 yoshli qiz yo‘qoldi. Bu haqda viloyat huquq tartibot organlari xabar qilmoqda.

Roziyaxon Sodiqova shu yil 16 mart sanasida uyidan chiqib ketib qaytib kelmagan. U Quva tumani Munavvar ko‘chasida yashaydi.

Qizning alohida belgilari, bo‘yi: 140-150 sm, sochlari qora. Qiz qora kostyum va jigarrang ko‘ylakda bo‘lgan. Oyog‘ida qora tuflisi bo‘lgan. Biron bir ma’lumotga ega fuqarolar 73-244-02-76, 73-244-02-85 yoki 102 raqamlariga murojaat qilishlari mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!