Deputat yuridik universitet rektori etib tayinlandi

Deputat yuridik universitet rektori etib tayinlandi

Oliy Majlic Qonunchilik palatasi deputati Rahimjon Hakimov Toshkent davlat yuridik universiteti rektori etib tayinlandi. Bu xabarni vaziyatdan xabardan manbalar “Xalq so‘zi“ga tasdiqladi.

Shu kungacha Hakimov deputatlik bilan birga Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti direktori sifatida ishlab kelayotgandi.

Ma’lumot uchun, mazkur institut Prezident Shavkat Mirziyoyev taklifi bilan tuzilgan va Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi qo‘shma qarori bilan tashkil etilgandi. 2018 yilning 12 yanvar kuni Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti o‘z faoliyatini boshlagan va unga Rahimjon Hakimov rahbarlik qilib kelayotgandi.

Ma’lumot uchun, Toshkent davlat yuridik universitet rektori ayni paytda adliya vaziri o‘rinbosari sifatida ham faoliyat yuritadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!