Dahshatli YTH: 9 kishi halok bo‘ldi

A A A
Dahshatli YTH: 9 kishi halok bo‘ldi

Hodisa Lada va Toyota-Kamri avtomobillari ishtirokida 12 may kuni tongda Olma-Ota - Bishkek trassasining 109-kilometrida sodir bo‘lgan.

Qozog‘istonning Olma-Ota viloyatidagi avtotrassada yuz bergan halokat natijasida 9 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda hududiy polisiya matbuot xizmati.

Huquqni muhofaza qilish organi ma’lumotiga ko‘ra, Lada va Toyota-Kamri ishtirokidagi mudhish yo‘l transport hodisasi 12 may kuni Olma-Ota - bishkek trassasining 109-kilometrida sodir bo‘lgan.

- To‘qqiz kishi halok bo‘ldi, ulardan uch nafari ayol kishi. Shaxslari aniqlandi. Qurbonlan Olma-Ota, Chimkent va Turkiston viloyatlari fuqarolari, deb xabar berdi polisiya xizmati feysbukdagi sahifasida.

Dastlabki xulosalarga ko‘ra, Lada avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va Toyota bilan to‘qnashuv sodir etgan.

life.ru


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!