Dahshat! Jinoyatchilar masjidni o‘qqa tutib, uni videoga olishdi (video)

Dahshat! Jinoyatchilar masjidni o‘qqa tutib, uni videoga olishdi (video)

Jinoyatchilar o‘zlariga yopishtirib olgan maxsus kameralar orqali qabih ishlarini jonli efirda translyasiya qilishdi.

Yangi Zelandiyaning Kraystchert shahridagi ikkita masjidda odamlarni ommaviy o‘qqa tutish jarayoni suratga olinib, jonli efirda ijtimoiy tarmoqlarda tarqatildi. Kameradagi kadrlarda erkakning masjidga kirib borishi, qurolini qo‘liga olib ichkariga kirishi va ibodat qilayotganlarga o‘q uzishi aniq tasvirlangan.

Layf nashrining xabar berishicha, bir nechta erkak Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahridagi masjidda odamlarga qarata o‘q uzgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa natijasida qurbon bo‘lganlar soni 27ta, jarohat olganlar esa 30 nafarga yaqin. O‘q uzgan kimsalardan birining shaxsi aniqlangan, u avstraliyalik Brenton Tarrant ekani aytilmoqda.

 

life.ru


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!