Dahshat! Direktorining tegajog‘lik qilganini aytgan maktab o‘quvchisini tiriklayin yoqib yuborishdi

Dahshat! Direktorining tegajog‘lik qilganini aytgan maktab o‘quvchisini tiriklayin yoqib yuborishdi

Fojia 27 mart kuni sodir bo‘lgan. 19 yoshli qizning maktab direktori uni xonasiga chaqirgan va uning roziligisiz tegajog‘lik qila boshlagan.

Qiz direktorning ta’qibiga toqat qilolmay, militsiyaga murojaat qilgan. Politsiya bo‘limi ofiseri qizning guvohligini mobil telefonga tasvirga olgan. Ko‘p o‘tmay ushbu video internet orqali tarqatib yuborilgan.

Maktab direktorini hibsga olishgan, qizga esa tahdid qila boshlashgan. Tahdidlarga qaramasdan 6 aprel kuni qiz maktabga borgan. Tanaffus vaqtida esa uni aldab tomga chaqirishgan va benzin sepib tiriklayin yoqib yuborishgan.

Qiz 10 aprel kuni vafot etgan. Nusratning dafn marosimiga minglab odamlar kelgan. Qizning o‘limidan so‘ng milisiya 15 kishini hibsga oldi.

Qizni videotasvirga olgan ofiser esa ishdan bo‘shatildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!