Chilonzorda qidiruvga berilgan shaxs Moskvada ushlandi

Chilonzorda qidiruvga berilgan shaxs Moskvada ushlandi

Qasddan odam o‘ldirganlikda gumonlanib, Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan qidiruvga berilgan 46 yoshli Aleksandr M. qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matuot xizmati xabar bermoqda.

Aleksandr M.ning aynan qachon qidiruvga berilgani haqida ma’lumot berilmagan. Ma’lum qilishlaricha, u Toshkent shahar IIBB va Surxondaryo viloyati IIB xodimlari hamkorligida Moskvada qo‘lga tushirilgan.

Qo‘shimcha qilishlaricha, Aleksandr M. 15 sentyabr kuni Moskvadan Toshkentga etap qildirilgan. «Qo‘lga olingan shaxsga nisbatan sud hibsga olish ehtiyot chorasini qo‘lladi», — deyiladi IIBB axborotida.

46 yoshli Aleksandr M. aynan qachon, kimni o‘ldirganlikda gumon qilinayotganiga aniqlik kiritilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!