AQSh o‘zining G7dagi hamkorlariga Ukrainaga 50 milliard dollar miqdorida qo‘shimcha yordam berishni taklif qildi

AQSh o‘zining G7dagi hamkorlariga Ukrainaga 50 milliard dollar miqdorida qo‘shimcha yordam berishni taklif qildi

Bu haqda Bloomberg yozmoqda.

AQSh g‘oyasiga ko‘ra, xarajatlar Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan olinadigan foyda hisobidan qoplanadi, ular bo‘yicha foizlar to‘planishda davom etadi - asosan Evropada.

AQSh Moliya vazirligi va Oq uy Milliy xavfsizlik kengashi bu fikrga izoh berishdan bosh tortdi. Biroq AQSh moliya vaziri Janet Yellen bunday muhokamalar davom etayotganini tasdiqladi.

«Ideal holda, biz bu ishda faqat Qo‘shma Shtatlar emas, balki butun G7 ishtirok etishini xohlaymiz», dedi u Bloomberg'ga.

Agentlik manbalariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar iyun oyidayoq G7 yetakchilari uchrashuvida kelishuv tuzishni talab qilmoqda. Aksariyat Yevropa davlatlari Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri musodara qilishga qarshi va yevro barqarorligiga putur yetkazadigan yoki ularni Rossiyadan o‘ch olishiga olib keladigan takliflarga shubha bilan qaraydi, deb yozadi Bloomberg.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!