Chexiyada koronavirus tarqalishi to‘xtagani ma’lum qilindi

Chexiyada koronavirus tarqalishi to‘xtagani ma’lum qilindi

Chexiya koronavirus infeksiyasi tarqalishini to‘xtata oldi, deb ma’lum qildi mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Adam Voytex.

"Biz uchun eng yomoni ortda qoldi. Shu bilan birga, kasalxonalar va intensiv davolash palatalari zarur resurslarga ega", - dedi u.

7 aprel kuni chexiyalik mutaxassislar koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 195ta holat qayd etilganini ma’lum qildi.  

"Yaqinda olingan ma’lumotlar umumiy yo‘nalish o‘zgarganini ko‘rsatmoqda. Bu kasallik tarqalishi to‘xtaganini bildiradi", dedi Chexiya sog‘liqni saqlash sohasida axborot va statistika instituti rahbari Ladislav Dushek.

Chexiya hukumati 6 apreldan koronavirus tarqalishiga qarshi joriy etilgan choralarni yumshata boshladi, xususan, ayrim do‘konlar ochildi, sport bilan shug‘ullanayotganda niqob taqmaslikka ruxsat berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!