Chechenistonda bolalarga Muhammad payg‘ambar ismini bergan oilalarga pul to‘lanadi

Chechenistonda bolalarga Muhammad payg‘ambar ismini bergan oilalarga pul to‘lanadi

28 oktyabrdan 29 oktyabr kechga qadar Ahmat-Hoji Qodirov nomidagi viloyat jamoat fondi o‘z farzandlariga Muhammad payg‘ambar, shuningdek, uning oila a’zolari va eng yaqin hamrohlarining ismlarini qo‘yadigan oilalarning har biriga 100 ming rubl to‘laydi.

Bu haqda viloyat Axborot va matbuot vaziri Ahmad Dudayevga asoslanib TASS xabar bermoqda.

"Ertaga Checheniston Respublikasida bizning sevimli payg‘ambarimiz, uning oila a’zolari va eng yaqin hamrohlarining ismlarini olgan barcha yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning har biri 100 ming rubl oladi", deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, shunga o‘xshash aksiya mintaqada har yili o‘tkaziladi, lekin, odatda, bu faqat o‘g‘il bolalarga tegishli bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!