"Captiva"dagi sharlarning yorilishi natijasida 3 nafar yigit kuyish jarohatini oldi

"Captiva"dagi sharlarning yorilishi natijasida 3 nafar yigit kuyish jarohatini oldi

15 fevral kuni Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi 6-tug‘uruqxona yaqinida Captiva rusumli avtomobil salonida tabiiy gaz bilan to‘ldirilgan sharlarning yorilib ketishi natijasida 3 kishi kuyish jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi, deb xabar berdi poytaxt IIBB matbuot xizmati.

Ma’lum bo‘lishicha, avtomashina salonida gaz bilan to‘ldirilgan 20 ta shar bo‘lgan. Uch nafar yigit salonda chekkan. Gazning olovlanishi oqibatida ular qo‘l va yuz kuyishi jarohatini olgan.

IIBB fuqarolarni havo sharlarini xarid qilishda ular geliy bilan to‘ldirilganligiga ishonch hosil qilishi va ularning yonida sigaret chekmaslikka chaqirgan.

Manba: darakchi.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!