Buxoroda 3 kishilik jinoiy guruh qo‘lga tushdi

Buxoroda 3 kishilik jinoiy guruh qo‘lga tushdi

2019 yil 23 may kuni Buxoro tumani Shergiron MFYda yashovchi 22 yoshli SH.Q. IIBga murojaat qilib, shu yil 5 mayga o‘tar kechasi noma’lum shaxslar unga tegishli do‘kon eshigini buzib kirib, u yerdan 5 mln. so‘m pullari, umumiy qiymati 2 mln. so‘mlik turli xildagi tamaki va oziq-ovqat mahsulotlarini o‘g‘irlab ketganliklarini ma’lum qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Qorako‘l tumani Tinchlik mahallasida yashovchilar 37 yoshli S.X., 39 yoshli M.R. va Navbahor mahallasida yashovchi 33 yoshli SH.P.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.    

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!