AQShda F-16 samolyoti halokatga uchradi

AQShda F-16 samolyoti halokatga uchradi

AQSh Qurolli kuchlariga tegishli F-16 samolyoti Nyu-Meksiko shtatidagi Holloman aviabazasi yaqinida halokatga uchradi.

Qayd etilishicha, hodisa mahalliy vaqt bilan 11:50 atrofida sodir bo‘lgan. Qiruvchi samolyot bortida faqat uchuvchi bo‘lgan. U o‘z vaqtida katapulta qilgan va tibbiy yordam olgan. Uning sog‘lig‘i haqida xabar berilmagan.

Hodisa sabablari oshkor etilmagan. Ta’kidlanishicha, bu so‘nggi olti oy ichida uchinchi F-16 halokatidir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!