Britaniyalik bokschi jangdan so‘ng kasalxonaga tushib qoldi

Britaniyalik bokschi jangdan so‘ng kasalxonaga tushib qoldi

Britaniyalik bokschi Umar Sodiq rossiyalik Fedor Chudinov bilan jangdan so‘ng Moskvadagi kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda TASSga sportchi jamoasi xabar berdi.

Chudinov Sodiqni texnik nokaut bilan mag‘lub etdi. Ular Jahon boks assosiasiyasining (WBA) oltin kamari uchun 76,2 kilogramm vazn toifasida kurash olib borishdi.

Jangdan keyin ingliz jangchisiga kislorodli niqob kerak bo‘ldi, u qon aralash yo‘tala boshladi. Shifokorlar unga tez yordam ko‘rsatdilar. Keyinchalik, doping nazorati ostida bo‘lgan bokschi kasal bo‘lib qoldi, unga tez yordam chaqirildi.

Endi 32 yoshli Chudinov hisobida 23 g‘alaba (16 tasi nokaut bilan) va ikkita mag‘lubiyat bor. 32 yoshli Sodiq esa 10 g‘alabasi (ulardan 6tasi nokaut bilan) hisobiga ikkinchi mag‘lubiyatga uchradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!