Boshqirdistondagi avtomagistralda deyarli 40 ta mashina to‘qnashdi

Boshqirdistondagi avtomagistralda deyarli 40 ta mashina to‘qnashdi

Boshqirdistonning Aurgazinsk tumanidagi magistral yo‘lda kuchli qor bo‘roni tufayli deyarli 40 ta mashina ishtirokidagi YTH sodir bo‘ldi. 

Bu haqda 24 fevral, chorshanba kuni Boshqirdistonning bosh davlat transport inspektori Dinar Gilmutdinov ma’lum qildi. 

«Mahalliy vaqt bilan taxminan soat 16:00 da Ufa-Orenburg magistral yo‘lining 79 dan 81-km gacha bo‘lgan qismida – Aurgazinsk tumanida 39 ta transport vositasi qor bo‘roni, kuchli shamol va tuman sababli to‘qnashdi», deyiladi xabarda. 

Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xodimining so‘zlariga ko‘ra, baxtsiz hodisalar natijasida o‘n kishi tan jarohati olgan, ularning ikkitasi voyaga yetmaganlar - 16 va 12 yoshli qizlar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!