Bosh prokuratura Nariman Grigoryanning o‘limi yuzasidan izoh berdi

Bosh prokuratura Nariman Grigoryanning o‘limi yuzasidan izoh berdi

Dizayner Nariman Grigoryan o‘zi ijarada istiqomat qilgan xonadon mehmonxonasida qotillik alomatlari bilan topildi. Bosh prokuratura «qasddan odam o‘ldirish» moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi «Gazeta.uz»ga Toshkentda dizayner Nariman Grigoryan o‘limi tafsilotlarini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 14 yanvar kuni soat 11:50 larda Yashnobod tumani IIO FMB navbatchilik qismiga hodisa to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Unga ko‘ra, Yashnobod tumani, Chigil ko‘chasida joylashgan xonadonning mehmonxonasidan ushbu xonadonda ijarada istiqomat qilib kelgan 1985 yilda tug‘ilgan Nariman Grigoryanning murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni Yashnobod tuman prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Nariman Grigoryan — taniqli o‘zbek dizayneri, xoreografi, «Todes» guruhi birinchi tarkibining sobiq a’zosi, xalqaro ko‘rgazmalar, tanlovlar va festivallar ishtirokchisi. 2004−2008 yillarda O‘zbekiston Xoreografiya akademiyasida tahsil olgan. U  Toshkentda Nariman Grigoryan savdo belgisi ostidagi moda uylariga egalik qilgan.

Manba: gazeta. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!