Bosh prokuratura: "2020 yil davomida respublika bo‘yicha 1723 nafar mansabdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan"

Bosh prokuratura: "2020 yil davomida respublika bo‘yicha 1723 nafar mansabdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan"

Bosh prokuratura taqdim etgan ma’lumotlarga  ko‘ra, 2020 yil davomida jami 1148 ta jinoyat ishi bo‘yicha 1723 nafar mansabdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan. 

Mansabdor shaxslarning 9 nafari respublika, 45 nafari viloyat va 1669 nafari tuman-shahar miqyosidagi vazirlik, idora va tashkilotlarda faoliyat yuritgan. 

Ularning 835 nafari o‘zganing mulkini o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish;
227 nafari firibgarlik; 
132 nafari pora olish (berish) va pora olish-berishda vositachilik qilish;
58 nafari mansab mavqeini suiiste’mol qilish;
31 nafari mansab vakolati doirasidan chetga chiqish;
25 nafari mansabga sovuqqonlik bilan qarash;
16 nafari mansab soxtakorligi;
399  nafari boshqa jinoyatlarni sodir etishgan. 

Mansabdorlarning jinoyatlari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 500,1 mlrd. so‘m moddiy zarar yetkazilgan. Tergov jarayonida ushbu zararning 355,7 mlrd. so‘mi undirilgan.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!