“Booking.com” koronavirus pandemiyasi tufayli o‘z xodimlarining to‘rtdan birini qisqartirmoqda

“Booking.com” koronavirus pandemiyasi tufayli o‘z xodimlarining to‘rtdan birini qisqartirmoqda

Amerikaning "Onlayn" mehmonxonalarni bron qilish xizmati koronavirus pandemiyasining turizm sanoatiga salbiy ta’siri fonida o‘z xodimlarining 25 foizini qisqartirish niyatida, deya xabar beradi "Interfaks".

"COVID-19 inqirozi turizm sanoatini izdan chiqardi... Biz imkon qadar ko‘proq ish joylarini saqlash uchun ko‘p ishlarni amalga oshirgan bo‘lsak-da, kelajakka bo‘lgan umidlarimizni qondirish uchun tashkilotni qayta qurishimiz kerak deb hisoblaymiz", deyiladi kompaniya xabarida.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yil boshidan beri “Booking.com”ning kapitallashuvi 19,4 foizga kamayib, 67,55 milliard dollarni tashkil qilmoqda.

Kompaniya dunyo bo‘ylab 17 mingdan ortiq xodim ishlaydi va 4,25 ming kishi ishdan bo‘shatiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!