Belgiya poytaxtida komendantlik soati uzaytiriladi

Belgiya poytaxtida komendantlik soati uzaytiriladi

Bryussel hukumati komendantlik soatini dekabr oyining o‘rtalarigacha uzaytirishga qaror qildi.

Oktyabr oyi oxirida Bryusselda koronavirusni yuqtirganlar soni keskin ko‘paygani sababli, aholining harakati kechki 22: 00dan tonggi 06: 00gacha cheklangan edi.

Bugun Bryussel shahar rahbari Rudi Vervort komendantlik soati 2020 yil 13 dekabrigacha uzaytirilishini ma’lum qildi.

«Bryusseldagi pandemiya statistikasi hali ham xavotirli bo‘lmoqda», - dedi shahar rahbari.

Belgiyaning Sciensano tadqiqot markazining ma’lumotlariga ko‘ra, 18 noyabr kuni poytaxtda 400 dan ortiq yangi COVID-19ni yuqtirish holatlari ro‘yxatga olingan.

Belgiyaning Valloniyasi ham komendantlik soatini uzaytirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!