“Barselona” futbolchisi jamoani tark etishga qaror qildi

“Barselona” futbolchisi jamoani tark etishga qaror qildi

"Barselona"da kam o‘yin amaliyotini boshdan kechirayotgan hujumchi Memfis Depay yanvar oyidagi transfer oynasida klubini o‘zgartirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Todofichajes sahifalarida xabar berilgan.

Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli hujumchi yozgi transfer oynasida Kataloniyani tark etmoqchi edi. U faoliyatini Turinning “Yuventus” klubida davom ettirish imkoniyati bor edi, biroq tomonlar kelishuvning moliyaviy tomoni bo‘yicha kelisha olishmadi.

Memfisning "Barselona" bilan shartnomasi 2022/2023 yilgi mavsum oxirigacha hisoblangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!