BAA hukumati fuqarolarni Yevropaga sayohat qilmaslikka chaqirdi

BAA hukumati fuqarolarni Yevropaga sayohat qilmaslikka chaqirdi

Birlagan Arab Amirliklari hukumati o‘g‘irlik va talonchilik holatlari ortgani sababli o‘z fuqarolarini Yevropaga sayohat qilmaslikka chaqirdi, deya xabar bermoqda “Al-Arabiya” nashri.

Tashqi ishlar vazirligi safarini bekor qilishga tayyor bo‘lmaganlarni “o‘ta hushyor va ehtiyotkor bo‘lishga” chaqirib, Ispaniya, Gruziya, Italiya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Avstriya BAA fuqarolari uchun eng xavfli davlatlar ekanini ta’kidladi.

Evropaga sayohat qilishni rejalashtirayotgan sayohatchilarga qimmatbaho yoki nodir buyumlarni o‘zlari bilan olib ketmaslik, hujjatlarni mehmonxona xonasida seyfda saqlash, ishonchli xalqaro xizmatlar orqali mehmonxonalarni bron qilish, gid bilan mamlakat bo‘ylab sayohat qilish va Sayohatchilar uchun maxsus Tashqi ishlar vazirligi ilovasi va favqulodda holatlarda qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin bo‘lgan telefon raqamini saqlash tavsiya qilindi.

Ogohlantirish BAA aholisi yoz jaziramasidan qochib qutulishga umid qilayotgan Yevropaga sayohatga bo‘lgan talab ortib borayotgan bir paytda amalga oshirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!