AQSh o‘z aholisini qo‘llab-quvvatlash uchun yana 1 trln dollar ajratadi

AQSh o‘z aholisini qo‘llab-quvvatlash uchun yana 1 trln dollar ajratadi

AQSh hukumati koronavirus pandemiyasi sharoitida aholini qo‘llab-quvvatlash uchun 1 trillion dollarlik yangi yordam paketini tayyorladi. Bu haqda mamlakat moliya vaziri Stiven Mnuchin ma’lum qildi. Loyihada oilalarga 1200 dollardan pul tarqatish ham ko‘zda tutilgan.

Oq uyning ta’kidlashicha, ushbu loyiha prezident Donald Tramp tomonidan qo‘llab-quvvatlangan va Kongressga taqdim etilgan.  

Pandemiya davrida AQSh hukumati iqtisodiyot va aholini qo‘llab-quvvatlash uchun qariyb 3 trillion dollar ajratgan.

Ayni paytda AQSh COVID-19 dan eng ko‘p zarar ko‘rgan davlatlardan biri hisoblanadi. Mamlakatda koronavirusga chalinganlar 4 milliondan, vafot etganlar esa 150 mingdan oshgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!