AQSh – Turkiya o‘zaro qarshi sanksiyalar avjida

AQSh – Turkiya o‘zaro qarshi sanksiyalar avjida

Joriy yilning sentyabr oyida AQSh Suriyadagi amaliyot tufayli Turkiyaga qarshi sanksiyalar e’lon qilgan edi. Turkiya bunga javob choralarini ko‘rmoqda, deyiladi "IZ.Ru" axborot portali xabarida. 

Turk parlamentidagi manbaga ko‘ra, mamlakat janubi-sharqidagi Injirlik aviabazasidan amerikaliklarning foydalanish miqyosi keskin cheklanishi mumkin. 

“Injirlik Turkiyaning ixtiyorida, bizning undan kim qancha foydalanishini belgilashga haqqimiz bor”, dedi parlament deputati O‘zturk Yilmaz. 

Avvalroq, “The New York Times” esa o‘z manbasiga asosan, AQSh Injirlikdan 50 ta yadroviy bombani olib chiqishini ma’lum qilgan edi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!