AQSh Suriyadagi ISHIDga qarshi operasiyaning yakunlovchi bosqichiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

AQSh Suriyadagi ISHIDga qarshi operasiyaning yakunlovchi bosqichiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

AQSh prezidentining ISHIDga qarshi kurash koalisiyasi bo‘yicha maxsus vakili Brett Makgerkning ma’lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar ISHID to‘la mag‘lub etish uchun harbiy operasiyaning so‘nggi, yakunlovchi bosiqichga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda «Kommersant’» xabar bermoqda.

«Biz Suriyada qolamiz, diqqat-e’tibor ISHID ustidan to‘liq g‘alaba qozonishga qaratiladi. Biz hali yakuniy bosqichga kirishganimiz yo‘q, unga hozirda tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Bu juda jiddiy harbiy opersiya bo‘ladi, chunki ISHID ixtiyorida hali ham sezilarli darajada ko‘p jangari bor», — dedi Makgerk.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda Iroq va Suriyada ISHID terrorchilik tashkilotining 30 ming nafargacha jangarisi bo‘lishi mumkin. Bu miqdor har ikki davlat o‘rtasida qariyb teng bo‘linadi.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!