Antarktidada ilgari noma’lum bo‘lgan imperator pingvinlari koloniyasi topildi

Antarktidada ilgari noma’lum bo‘lgan imperator pingvinlari koloniyasi topildi

Antarktidada sun’iy yo‘ldosh kuzatuvi yordamida ilgari noma’lum bo‘lgan 11 ta imperator pingvinlari koloniyalari topildi.

Bu haqda “Esquire” nashriga tayanib «ekolog.uz» xabar berdi.

Tadqiqot pingvinlarning muzda qoldirgan izlari tufayli amalga oshirildi. Shu tariqa imperator pingvinlari soni, taxminan, 5-10 foizga oshdi, deyiladi xabarda.

«Yangi koloniyalar – haqiqatda ajoyib kashfiyot. Bu yaxshi yangilik bo‘lsa-da, koloniyalar unchalik katta emas. Umumiy aholi soni atigi yarim million pingvinlardan iborat», – deydi tadqiqot rahbari Piter Fretvell.

Yangi koloniyalar shimoliy va okeanning muz qatlamlari unchalik barqaror bo‘lmagan hududlarida topilgan.

Bundan tashqari, ikkita koloniya aysbergga tutashgan dengiz muzlarida yashaydi. Yaxshi parvarish uchun imperator pingvinlariga yilda kamida to‘qqiz oy quruqlikka tutashgan barqaror dengiz muzi kerak. O‘n yil oldin, faqat 30 ta imperator pingvinlar koloniyalari ma’lum edi. Ular asosan, uzoq va borish qiyin bo‘lgan yerlarda joylashgan bo‘lib, qishda harorat -50 daraja Selsiygacha tushishi mumkin. Katta koloniyalarning yangi avlodi esa sun’iy yo‘ldosh tasvirlaridan foydalanib topilgan.

Antarktida atrofida jami  61 ta imperator pingvinlari koloniyalari mavjud. Olimlarning fikricha, pingvinlar barcha bo‘shliqlarni to‘ldirgan. Ularning endigi asosiy vazifasi, Antarktidada, quyosh ko‘proq ko‘ringanda yangi koloniyalar sonini hisoblashdir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!